Foydalanuvchi quyidagi formatda telefon raqam kiritadi:
971234567
Siz bu raqamni quyidagi formatga o‘zgartiruvchi dastur yozing:
+998 97 123 45 67
Foydalanuvchi o‘z ismi va familiyasini kiritadi, masalan:
Diyorbek Jumanov
Shunga asoslanib quyidagi kabi 4 xil username variantini tavsiya qiluvchi dastur yozing:
- Diyorbek.Jumanov
- Jumanov_Diyorbek
- DJumanov{random_number}
- DiyorbekJ
Foydalanuvchi email kiritadi.
Sizning vazifangiz: shu email manzili @gmail.com
domeniga tegishli ekanligini tekshirib, foydalanuvchiga mos xabarni chiqaring (True\Flase).